Instagram va Telegram'da yozgan xaridor javobsiz qolmaydi. Kechasi soat 2 da ham.
Labbay AI mahsulot va narxni o'zingiz kiritgan katalogdan aytadi, telefon raqamini so'raydi va lidni voronkaga qo'yadi. Xaridor sotib olishga tayyor bo'lsa, Telegram'ingizga xabar keladi.
Assalomu alaykum, sizda krossovkalar bormi?
14:22Va alaykum assalom! Bor. Qaysi biri kerak: oq, qora yoki sport modeli? Rasm tashlasangiz, aynan shunisini qidirib beraman.
Uch qadamda ishga tushadi
Dasturchi kerak emas. Hisob ochilgach, hammasini o'zingiz sozlaysiz.
Mijoz yozgandan buyurtmagacha
Mijozning savolini o'qiydi, katalogdan mos mahsulotni topadi va suhbatni buyurtmagacha olib boradi. Lotin, kirill va ruscha-o'zbekcha aralash yozilgan xabarni ham tushunadi.
Har bir xaridor ko'z oldingizda
Suhbatlar, lidlar va voronka bitta joyda. Kim nima so'radi va kimga qo'ng'iroq qilish kerakligini ochib ko'rasiz.
Namuna ma'lumotlar bilan ko'rsatilgan. Haqiqiy ekran sizning suhbat va lidlaringizdan iborat bo'ladi.
Ishlatayotgan xizmatlaringiz bilan ulanadi
Hozirgi tizimingizni almashtirmaysiz. Keraklisini ulaysiz, qolgani o'z joyida qoladi.
Qancha ishlatsangiz, shuncha to'laysiz
Har AI javobi kreditdan yechiladi. Oylik to'lov olinmaydi, kredit tugasa balansni to'ldirasiz.
Nazorat sizda qoladi
Operator va Labbay AI yonma-yon
Bir xil savol keldi. Kim qanday javob beradi?
Labbay AI haqida: Instagram Direct va Telegram uchun AI sotuvchi
Labbay AI O'zbekistondagi Instagram va Telegram do'konlari uchun yaratilgan AI sotuvchi. Mijoz Direct'ga yoki Telegram botingizga yozganda AI javob beradi, mahsulot va narxni katalogingizdan aytadi, telefon raqamini so'raydi va lidni CRM voronkaga qo'yadi.
AI o'zbekcha (lotin va kirill), ruscha va inglizcha yozadi. Issiq xaridor paydo bo'lsa yoki savolga javob topilmasa, sizga Telegram'da xabar keladi va suhbatni o'zingiz davom ettirasiz.
- Instagram rasmiy Meta API orqali, Telegram esa o'z botingiz orqali ulanadi
- Murakkab savolda AI suhbatni operatorga beradi va Telegram'da ogohlantiradi
- MoySklad, Billz va amoCRM bilan sinxron, hamma suhbat bitta inboxda